Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi.
Viloyat, tuman va shahar hokimi o'z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi hamda o'zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uchun shaxsan javobgar bo'ladi.
Hokim O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan miqdorda birinchi o'rinbosarga va o'rinbosarlarga ega bo'ladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o'rinbosari hamda o'rinbosarlari hokim tomonidan O'zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig'iga kiritiladi.
Tuman, shahar hokimining o'rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining tasdig'iga kiritiladi.
Tumanga bo'ysunuvchi shahar hokimining o'rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hokimning o'rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo'qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo'lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o'rinbosar yoki hokimning topshirig'iga binoan uning o'rinbosarlaridan biri bajaradi.
Hokim, uning o'rinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq to'lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
21-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning rahbariyati
(21-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 23 июлдаги ЎРҚ-1166-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1166/0842-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Viloyat, tuman va shahar hokimi o'z hududidagi ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruvchisi. U yakkaboshchilik asosida qaror qabul qiladi va o'z organlarining barcha ishlaridan shaxsan javobgar. Hokimning ishini osonlashtirish uchun birinchi o'rinbosar va o'rinbosarlar tayinlanadi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida viloyat, tuman va shahar hokimlarining rahbariyati tuzilishiga tegishli.
**Amalda**
Viloyat hokimi sog'liqni saqlash sohasida qaror qabul qilsa, bu qarordan kelib chiqadigan natijalar uchun u javobgar bo'ladi. Agar hokimi bo'lmasa, birinchi o'rinbosar uning o'rnini egallaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.