«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

18-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning mol-mulki, shu jumladan jamiyatning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ko'paytirish

Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyatning mol-mulki, shu jumladan jamiyatning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ko'paytirish to'g'risidagi qaror faqat bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning tashqi audit xulosasi bilan tasdiqlangan moliyaviy hisoboti ma'lumotlari asosida qabul qilinishi mumkin. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning mol-mulki, shu jumladan jamiyatning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ko'paytiriladigan summa jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) hamda zaxira fondining yig'indisi o'rtasidagi farqdan ortiq bo'lmasligi kerak. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) ushbu moddaga muvofiq ko'paytirilganda jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o'zgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda ko'payadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.