Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining qarori yig'ilishni o'tkazmay (kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qo'yilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun jamiyat ishtirokchilari birgalikda hozir bo'lmay) sirtdan ovoz berish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilinishi mumkin. Bunday ovoz berish pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki uzatib beriladigan va qabul qilinadigan xabarlarning to'g'ri bo'lishini va ularning hujjatlar bilan tasdiqlanishini ta'minlovchi boshqa aloqa vositasida hujjatlarni ayirboshlash yo'li bilan o'tkazilishi mumkin.
Ushbu Qonun 31-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan masalalar yuzasidan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining qarori, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, sirtdan ovoz berish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilinishi mumkin emas.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining qarorini sirtdan ovoz berish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilish chog'ida ushbu Qonun 35-moddasi uchinchi, yettinchi, sakkizinchi va to'qqizinchi qismlarining, shuningdek ushbu Qonun 34-moddasi birinchi, uchinchi, beshinchi va yettinchi qismlarining qoidalari ularda nazarda tutilgan muddatlarga oid qismida qo'llanilmaydi.
Agar jamiyat ustavida jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining sirtdan ovoz berish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilish tartibi nazarda tutilgan bo'lsa, unda sirtdan ovoz berish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) ovoz berish taklif qilinayotgan kun tartibini jamiyatning barcha ishtirokchilariga xabar qilish majburiyligi, jamiyatning barcha ishtirokchilari ovoz berish boshlanguniga qadar barcha zarur axborot va materiallar bilan tanishib chiqishi imkoniyati, kun tartibiga qo'shimcha masalalarni kiritish to'g'risida takliflar kiritish imkoniyati, ovoz berish boshlanguniga qadar jamiyatning barcha ishtirokchilariga o'zgartirilgan kun tartibini, shuningdek ovoz berish tartib-taomilining tugash muddatini xabar qilish majburiyligi nazarda tutilgan bo'lishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
37-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining sirtdan ovoz berish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilinadigan qarori
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Jamiyat ishtirokchilari yig'ilishni o'tkazmay, pochta, telefon yoki elektron aloqa orqali qaror qabul qilishlari mumkin. Bu usulda har bir ishtirokchi o'z ovozini beradi va hujjatlar orqali tasdiqlanadi. Lekin ba'zi muhim masalalar (rahbarni tanlash, moliyaviy hisobotlar) sirtdan ovoz berish yo'li bilan qabul qilinmaydi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida mas'uliyati cheklangan jamiyatlarning barcha ishtirokchilariga tegishli.
**Amalda**
Kichik savdo jamiyati 50 ta a'zosiga elektron pochta orqali yangi ustav loyihasi yuborib, 10 kunlik muddatda ovoz berishni so'raydi. A'zolar o'z javoblarini elektron pochta orqali yuboradi va qaror qabul qilinadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.