«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

55-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari

Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor bo'lgan shaxslar mazkur jamiyatga nisbatan affillangan shaxslar deb e'tirof etiladi. Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxslari deb e'tirof etiladi: 1) ushbu jamiyatning yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qiluvchi yuridik shaxs; 2) ushbu jamiyatning yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qiluvchi yuridik shaxsning ishtirokchilari, agar uning ulushi yigirma foizdan ortiqni tashkil etsa; 3) ushbu jamiyatning yigirma va undan ortiq foiz ulushiga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs; 4) ushbu jamiyat kuzatuv kengashi a'zosining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning) yoxud jamiyat kollegial ijro etuvchi organi a'zosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs; 5) ushbu jamiyat qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma va undan ortiq foiziga egalik qilsa, o'sha yuridik shaxs; 6) ushbu jamiyatning shu'ba xo'jalik jamiyati bo'lgan yoki ushbu jamiyat qaysi jamiyatning shu'ba xo'jalik jamiyati bo'lsa, o'sha jamiyatning shu'ba xo'jalik jamiyati bo'lgan yuridik shaxs; 7) ushbu jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qiluvchi ayni bir shaxs qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qilsa, o'sha yuridik shaxs; 8) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi ayni bir shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, o'sha yuridik shaxs; 9) ushbu jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) yoxud jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a'zosi bo'lgan ayni bir shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ijro etuvchi organining rahbari vazifasini amalga oshirayotgan bo'lsa, o'sha yuridik shaxs; 10) yaqin qarindoshlari bilan birgalikda ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi shaxs qaysi yuridik shaxs rahbarining yoki ijro etuvchi organi a'zosining vazifasini amalga oshirayotgan bo'lsa, o'sha yuridik shaxs; 11) ushbu jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning) yoki kollegial ijro etuvchi organi a'zosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs yaqin qarindoshlari bilan birgalikda qaysi yuridik shaxs jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, o'sha yuridik shaxs; 12) ushbu jamiyat bilan bitta xo'jalik birlashmasiga kiruvchi yuridik shaxs. Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxsi bo'lgan jamiyat ishtirokchisi – jismoniy shaxsning affillangan shaxslari deb e'tirof etiladi: 1) ushbu jismoniy shaxs va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foiziga va undan ortiq foiziga egalik qilsa, o'sha yuridik shaxs; 2) ushbu jamiyat ishtirokchisi yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining a'zosi bo'lsa, o'sha yuridik shaxs; 3) ushbu jamiyat ishtirokchisi yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda ijro etuvchi organning a'zosi vakolatlarini amalga oshirayotgan bo'lsa, o'sha yuridik shaxs. Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 5, 7-bandlari va uchinchi qismining 1-bandi ishonchli boshqaruvchi yoki ishtirokchining vakili sifatida ish yuritayotgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Affillangan shaxs — bu jamiyat bilan bitimlari orqali foyda oluvchi yoki jamiyatning boshqaruvida katta ta'sir ko'rsatuvchi shaxs. Bu shaxslar jamiyatning qarorlarini o'z manfaatiga yo'naltirishi mumkin, shuning uchun qonun ularni alohida nazorat qiladi. **Kimga tegishli** Bu qoida mas'uliyati cheklangan jamiyatlarning hamjamiyat ishtirokchilari va boshqa yuridik shaxslarga nisbatan qo'llaniladi. **Amalda** Agar biror odam jamiyatning 20% va undan ortiq ulushiga ega bo'lsa yoki jamiyat direktorining qarindoshi bo'lsa, u affillangan shaxs hisoblanadi. Bunday shaxs jamiyat bilan shartnoma tuzishda o'z manfaatini himoya qilmasligi kerak.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.