O'zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o'zgartirishlar kiritilsin:
1. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Garov to'g'risida»gi 736-XII-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5-6, 96-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 156-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019 yil, № 10, 671-modda; 2020 yil, № 1, 3-modda; 2021 yil, 4-songa ilova; 2022 yil, № 11, 1062-modda; 2024 yil, № 10, 1079-modda; 2025 yil, № 2, 188-modda, № 4, 520, 522-moddalar) 7-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Mulkdorning umumiy ulushli mulkdagi o'z ulushini garovga qo'yishi qolgan mulkdorlarning rozilik berishini talab qilmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno».
2. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi 258-II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 169-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019 yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022 yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023 yil, № 4, 269-modda; 2024 yil, № 2, 111-modda, № 8, 827-modda, № 10, 1073-modda; 2025 yil, № 4, 522-modda) 48³-moddasiga quyidagi o'zgartirishlar kiritilsin:
ikkinchi qismdagi «qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat ishtirokchilari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismdagi «qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat» degan so'zlar chiqarib tashlansin.
3. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan O'RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019 yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020 yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021 yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022 yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023 yil, № 4, 269-modda; № 12, 1008-modda; 2024 yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025 yil, № 3, 373-modda) 119-moddasining to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o'tishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi».
4. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan O'RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019 yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020 yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021 yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022 yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188; 2023 yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1009; 2024 yil, № 2, 115-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1286-modda; 2025 yil, № 3, 373-modda) 116-moddasining to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o'tishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi».
5. O'zbekiston Respublikasining 2023 yil 3 iyulda qabul qilingan «Raqobat to'g'risida»gi O'RQ-850-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023 yil, № 7, 533-modda; 2024 yil, № 9, 955-modda; 2025 yil, № 2, 188-modda, № 3, 370-modda) 26-moddasiga quyidagi o'zgartirishlar kiritilsin:
birinchi qismning uchinchi xatboshisidagi «yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatning» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
to'rtinchi qismning beshinchi xatboshisidagi «yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat» degan so'zlar chiqarib tashlansin.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
67-modda. O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirishlar kiritish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.