Jamiyat ishtirokchilari:
ushbu Qonunda va jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishga;
qonunchilikda va jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati to'g'risida axborot olishga hamda uning moliyaviy hisobotlari va boshqa hujjatlari bilan tanishishga;
foydani taqsimlashda ishtirok etishga;
jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o'z ulushini yoki uning bir qismini ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxslarga o'tkazishga;
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat'i nazar, ushbu Qonunda va jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jamiyatdan chiqishga;
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olishga;
jamiyat muassislari (ishtirokchilari) o'rtasida ularning huquqlarini amalga oshirish to'g'risida O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda korporativ shartnomalar tuzishga haqli.
Jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o'n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari ustavda belgilangan o'z majburiyatlarini bajarmayotgan yoxud o'z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning kelgusi faoliyatiga to'sqinlik qilayotgan, uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchining yoki ishtirokchilarning jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqli.
Jamiyat ishtirokchilari qonunchilikda va jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Ishtirokchilar tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
9-modda. Jamiyat ishtirokchilarining huquqlari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Mas'uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari (egalar) jamiyat ishlarida qatnashish, ma'lumot olish, foyda olish va o'z ulushini sotish huquqiga ega. Ular jamiyatdan chiqishi, uni boshqarishi va tugatilganda qolgan mol-mulkdan foydalanishi mumkin. Ishtirokchilar o'z majburiyatlarini bajarishlari kerak va boshqalarning huquqlarini buzmasliklari zarur.
**Kimga tegishli**
Bu huquqlar mas'uliyati cheklangan jamiyatning barcha ishtirokchilariga (egalariga) tegishli.
**Amalda**
Agar siz kompaniyaning 20% egasi bo'lsangiz, shunga mos ravishda foyda olishingiz, jamiyat to'g'risida ma'lumot so'rashingiz va o'z ulushingizni boshqa shaxsga sotishingiz mumkin. Lekin boshqa egalarning huquqlarini buzmasdan va jamiyatning faoliyatiga to'sqinlik qilmasdan buni qilishingiz kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.