1. O'zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi 154-I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 noyabrda qabul qilingan O'RQ-582-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019 yil, № 11, 790-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:
1) 11-modda birinchi qismining:
o'ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«banklar faoliyatini litsenziyalashda, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob ro'yxatidan o'tkazishda, shuningdek banklar, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, lombardlar va banklar guruhlari faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi»;
o'n to'qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«banklardagi, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlardagi, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlaridagi va lombardlardagi qoidabuzarliklarni aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi, shu jumladan masofadan turib ham amalga oshiradi»;
2) 12-modda birinchi qismining:
o'ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«banklarning, to'lov tashkilotlarining, to'lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalari va kredit byurolarining faoliyatini litsenziyalaydi, banklarning, shuningdek mikromoliya tashkilotlarining, lombardlarning, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi), to'lov tashkilotlarining, to'lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi»;
o'n beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Markaziy bank nazorat qilishi lozim bo'lgan shaxslar tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi»;
o'n yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«banklar va nobank kredit tashkilotlari (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi) xizmatlari iste'molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, moliyaviy xizmatlarning ochiqligini hamda aholining va tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini ko'radi»;
3) 20-modda:
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«banklar, shu jumladan tizimli ahamiyatga molik banklar, shuningdek banklar guruhlari, mikromoliya tashkilotlari hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun prudentsial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini va ushbu normativlarning yo'l qo'yiladigan qiymatlarini belgilaydi»;
o'n ikkinchi xatboshisidagi «mikrokredit tashkilotlarining» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi o'n to'rtinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:
«mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida qaror qabul qiladi»;
o'n to'rtinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilari tegishincha o'n beshinchi — yigirma to'qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 60-modda:
birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«banklarni va kredit byurolarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi hamda shartlarini»;
to'rtinchi xatboshisidagi «bank faoliyati sohasida» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
o'ninchi xatboshisidagi «mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
o'n beshinchi xatboshisidagi «mikrokredit tashkilotlarini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini va kredit byurolarini» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi o'n sakkizinchi, o'n to'qqizinchi va yigirmanchi xatboshilar bilan to'ldirilsin:
«yuridik shaxslar tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va xizmatlarning soni va (yoki) hajmi, iste'molchilar soni va boshqalar) sinovdan o'tkazish bo'yicha maxsus huquqiy rejimini («tartibga solish qumdoni»);
mikromoliya tashkilotlari tomonidan to'lov agentining (subagentining) yoki banklar, sug'urta va boshqa moliya tashkilotlari agentining vazifalarini amalga oshirish tartibini;
mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko'rsatish tartibini»;
o'n sakkizinchi xatboshisi yigirma birinchi xatboshi deb hisoblansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Markaziy bank banklar va kredit byurolarining davlat reyestrlarini, banklarga, to'lov tashkilotlariga, to'lov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga, kredit byurolariga berilgan litsenziyalarning reyestrlarini, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestrini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, lombardlar reyestrini, shuningdek ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritadi»;
5) 61-modda:
birinchi qismining o'n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«banklar, shu jumladan tizimli ahamiyatga molik banklar, shuningdek banklar guruhlari, mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun prudentsial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini hamda ushbu normativlarning yo'l qo'yiladigan qiymatlarini»;
ikkinchi qismining:
to'rtinchi xatboshisidagi «mikrokredit» degan so'z «mikromoliya» degan so'z bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan beriladigan iste'mol kreditlari hamda mikroqarzlar, shuningdek lombardlar tomonidan beriladigan mikroqarzlar bo'yicha foiz stavkalari va to'lovlarining eng yuqori qiymatlarini belgilashga»;
o'n uchinchi xatboshisidagi «mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
6) 65-modda:
o'n to'rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga»;
quyidagi mazmundagi o'n beshinchi, o'n oltinchi va o'n yettinchi xatboshilar bilan to'ldirilsin:
«mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ular bilan bog'liq bo'lgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezidentlar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o'n va undan ko'proq foizni tashkil etadigan ulushi bevosita yoki bilvosita olinayotganda;
nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ushbu moddaning o'n to'rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hajmdagi ulushi oluvchiga bog'liq bo'lmagan holatlarda olinayotganda»;
7) 65¹-moddaning birinchi qismi:
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«mikromoliya tashkiloti filialini ochish yoki yopish»;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:
«lombard filialini ochish yoki yopish»;
8) 67-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Nobank kredit tashkilotlari qonunchilik talablarini, shu jumladan belgilangan prudentsial normativlarni buzgan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi to'g'risida Markaziy bankka yolg'on yoki noto'g'ri axborot bergan taqdirda Markaziy bank:
qoidabuzarga o'z faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to'g'risida ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar yuborishga;
ularning o'z kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undirishga;
ayrim operatsiyalarni o'tkazishni uch oygacha bo'lgan muddatga cheklashga;
nobank kredit tashkiloti to'g'risidagi ma'lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan chiqarib tashlashga;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni to'xtatib turishga yoki tugatishga haqlidir»;
9) 10-bob:
quyidagi mazmundagi 67¹-modda bilan to'ldirilsin:
lex.uz’dagi asl matn«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun
41-modda. O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.