«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun

5-modda. Mikromoliyalashtirish faoliyati

(5-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-914-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.02.2024 й., 03/24/914/0161-сон)

Yuridik shaxslarning quyidagi xizmatlarni ko'rsatishga doir faoliyati mikromoliyalashtirish faoliyati deb e'tirof etiladi: jismoniy shaxs bo'lgan qarz oluvchiga to'lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida yuz million so'mdan oshmaydigan miqdorda pul mablag'larini — mikroqarz berish; tadbirkorlik sub'yekti yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs bo'lgan qarz oluvchiga to'lovlilik, muddatlilik va qaytarish, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan hollarda muayyan maqsadlar uchun foydalanish shartlarida uch yuz million so'mdan oshmaydigan miqdorda pul mablag'larini — mikrokredit berish; jismoniy shaxslarga mikroqarz summasidan oshmaydigan miqdorda kreditlar va kafolatlar berish, islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko'rsatish; tadbirkorlik sub'yektlariga mikrokredit summasidan oshmaydigan miqdorda lizing va kafolatlar berish, faktoring xizmatlari hamda islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko'rsatish. Banklar, mikromoliya va to'lov tashkilotlari, shuningdek mikroqarzlar berishga oid qism bo'yicha lombardlar mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.