Ma'muriy javobgarlik kodeksi

126-modda. Ko'zgusimon va (yoki) tusi o'zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko'rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish

(126-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Texnik reglamentga muvofiq bo'lmagan ko'zgusimon va (yoki) tusi o'zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o'rnidan tevarak-atrofni ko'rishni cheklaydigan qo'shimcha narsalar o'rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o'zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.