Ma'muriy javobgarlik kodeksi

128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo'lkalaridan, yashil maydonlardan yurgizishi, yo'l belgilari va yo'l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi

(128-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 апрелдаги ЎРҚ-1055-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.04.2025 й., 03/25/1055/0330-сон)

Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar yo'lkalaridan, velosiped yo'lkalaridan, piyodalar va velosiped yo'lkalaridan, ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) yurgizishi, yo'l belgilari yoki yo'lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo'yilgan talablarga rioya etmasligi (bundan ushbu Kodeksning 128³-moddasida, 128⁴-moddasining birinchi qismida, 128⁵, 128⁶, 128⁷ va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), yuk avtomobillarida yo'lning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o'tish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yo'lovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Haydovchi avtomobilni noto'g'ri joyda haydasa — trotuarda, piyodalar yo'lida, velosiped yo'lida yoki o'zga qadagan joyda. Shuningdek, yo'l belgilari va chiziqlarni e'tiborsiz qoldirsa, tungi vaqtda chiroqsiz haydasa yoki boshqa qoidalarni buzsa, bu qonun bilan taqiqlanadi. **Kimga tegishli** Bu qoida barcha avtomobil haydovchilariga tegishli, maxsus avtomobillar bundan mustasno. **Amalda** Haydovchi avtomobilni piyodalar yo'lida to'xtatdi. Yoki tungi vaqtda chiroqsiz haydadi. Yoki yo'l belgilari bilan qadagan joydan o'tdi. Bunday holatlarda haydovchi jarima to'laydi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.