Ma'muriy javobgarlik kodeksi

144-modda. Transportda chiptasiz yurish

(144-модда биринчи қисми «а» кичик бандининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Yo'lovchining transportda chiptasiz yurishi, o'n yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan bolalarni chiptasiz olib yurish: a) shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, — bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi, b) mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda besh yoshdan o'n yoshgacha bo'lgan bolalarni chiptasiz olib yurish — bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Yo'lovchilarning samolyotda chiptasiz yurishi — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Shaharlararo qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Yo'lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.