Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob'yektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko'rsatish, shuningdek soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan qasddan bo'yin tovlash, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Daromadlar to'g'risida deklaratsiya taqdim etishdan bo'yin tovlash, deklaratsiyani o'z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto'g'ri ma'lumotlarni taqdim etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha bo'lgan miqdor hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn174-modda. Soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlash
(174-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1131-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1131/0377-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 июль)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Soliq to'lashdan qasddan qochish yoki kamaytirib ko'rsatish - bu davlatga berish kerak bo'lgan pulni yashirish yoki noto'g'ri ma'lumot berish. Daromad deklaratsiyasini vaqtida taqdim etmaslik yoki unda yolg'on ma'lumot yozish ham bu qoidaga kiradi.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha fuqarolar va davlat xodimlariga tegishli.
Amalda
Agar biror kishi o'z daromadini soliq xizmatasiga to'liq aytmay, faqat qismini aytsa, u 174-moddaga ko'ra jarima to'lashi kerak. Masalan, oylik 5 million so'mning 2 millionini yashirsa, davlat uni pul jarima qiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.