Mehnat qonunchiligi bilan ish tashlash taqiqlangan hollarda ish tashlashda ishtirok etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Noqonuniy ish tashlashga rahbarlik qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik mulkiy manfaatdor bo'lish evaziga yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ish tashlashda qatnashishga yoki unda qatnashmaslikka majbur qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn201²-modda. Ish tashlash to'g'risidagi qonunchilikni buzish
(201²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1150-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.06.2026 й., 03/06/1150/0587-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 12 сентябрь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.