Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog'ida yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong'inga qarshi inventarlar, uskunalar, yong'inni aniqlash va o'chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yong'in chiqishiga olib kelgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog'lig'iga zarar yetishi yoxud o'zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo'q qilinishi bilan bog'liq bo'lmagan tarzda yong'in sodir bo'lganda mazkur shaxs yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn211-modda. Yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish
(211-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 20 апрелдаги ЎРҚ-1136-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2026 й., 03/26/1136/0393-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 22 июль)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish degani — korxonalar, dukonal, uylar va boshqa joylarida yong'indan himoya qilish qoidalarini to'g'ri bajarmaslik. Bunga yong'in o'chirgichlarni noto'g'ri saqlash, yong'in signalizatsiyasini buzish, xavfsizlik yo'llarini to'sish kabi hollar kiradi.
Kimga tegishli
Bu qoida oddiy fuqarolar va mansabdor shaxslar (direktor, bosh muhandis) uchun amal qiladi.
Amalda
Dukondagi egalik yong'in o'chirgichlarni shunga o'xshash joyga qo'yib qo'ydi va signalizatsiya qurilmasini o'chirib tashladi. Agar yong'in chiqmasa, 1-3 baravari jarima to'lashi kerak. Agar yong'in chiqib, odamlar zarar ko'rsa, 5-7 baravari jarima to'lashi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.