Ma'muriy javobgarlik kodeksi

221-modda. Qurolni ro'yxatdan o'tkazish (qayta ro'yxatdan o'tkazish) qoidalarini yoki uning muomalasi sohasidagi ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarini buzish

(221-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 декабрдан кучга киради)

Fuqaroviy, xizmat qurolini, mukofot tarzida berilgan, kollektsiyalash, ko'rgazmaga qo'yish uchun mo'ljallangan qurolni va uning o'q-dorilarini ichki ishlar organlarida ro'yxatdan o'tkazish (qayta ro'yxatdan o'tkazish) qoidalarini, shuningdek ichki ishlar organlarining qurolni saqlashga va olib yurishga, saqlashga, kollektsiyalashga yoki ko'rgazmaga qo'yishga doir ruxsatnomalarining amal qilish muddatlarini uzaytirish qoidalarini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.