Ma'muriy javobgarlik kodeksi

231-modda. Chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan o'tishi lozim bo'lgan yoshlarning ro'yxatlarini mudofaa ishlari organlariga taqdim etmaslik

(231-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Harbiy hisob ishlari uchun mas'ul bo'lgan shaxslarning chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan o'tishi lozim bo'lgan yoshlarning ro'yxatlarini tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga belgilangan muddatda taqdim etmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.