Ma'muriy javobgarlik kodeksi

255-modda. Davlat mehnat inspektsiyasining mansabdor shaxslari

(255-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1150-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.06.2026 й., 03/06/1150/0587-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 12 сентябрь)

Davlat mehnat inspektsiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 49², 49³, 50, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqadi. Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqlidir: mehnat to'g'risidagi qonunchilikni va aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat bo'yicha davlat inspektorlari, mehnat bo'yicha davlat huquqiy inspektorlari; mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat bo'yicha davlat inspektorlari, mehnat bo'yicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari bo'yicha davlat ekspertlari. Ushbu Kodeksning 201²-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, mehnat bo'yicha davlat inspektorlari ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi hamda uni ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko'rib chiqish uchun yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.