Ma'muriy javobgarlik kodeksi

256-modda. Mudofaa vazirligi organlari

(256-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1075-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1075/0597-сон)

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹, 128²-moddalarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹, 138, 139, 140-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig'inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va ma'muriy jazo qo'llanishga haqlidirlar: ushbu Kodeksning 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo'limlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil xizmat bo'limlari boshliqlari; ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹, 128²-moddalarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹, 138, 139, 140 -moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspektsiyasining boshlig'i, katta inspektori. Transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig'inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar sodir etgan huquqbuzarliklar to'g'risidagi bayonnomalar O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilab qo'yadigan tartibda harbiy avtomobil inspektsiyasiga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Mudofaa vazirligi organlari ma'muriy huquqbuzarliklar (qonun buzilishlar) to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va jazo qo'llash huquqiga ega. Ular harbiy xizmatchilar va muqobil xizmatchilarning qilgan qonun buzilishlarini tekshiradi va ularni jazolaydi. Transport haydovchilari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar maxsus tartibda harbiy avtomobil inspektsiyasiga yuboriladi. **Kimga tegishli** Bu huquq Mudofaa vazirligi tuman bo'limlari boshliqlari, muqobil xizmat boshliqlari va harbiy avtomobil inspektsiyasi rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. **Amalda** Harbiy xizmatchi ish vaqtida ichki tartibni buzsa, tuman mudofaa bo'limi boshlig'i uning haqida ma'lumot oladi, ishni tekshiradi va kerak bo'lsa, pul jarima yoki boshqa jazo qo'llaydi. Transport haydovchisining xatosi bo'lsa, bayonnoma harbiy avtomobil inspektsiyasiga yuboriladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.