Ma'muriy javobgarlik kodeksi

27-modda. Musodara qilish

(27-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)

Ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo'lgan ashyoni yoki ma'muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to'lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o'tkazishdan iborat bo'lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo'llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo'lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno. O'qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o'q-dorilarini, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo'lgan shaxslarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas. Musodara qilish chorasini qo'llanish tartibi ushbu Kodeks va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.