Ma'muriy javobgarlik kodeksi

313-modda. Ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitni bartaraf etish to'g'risidagi taqdimnoma

Ishni ko'rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda bu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko'rish to'g'risidagi taqdimnomani tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga kiritadi. Rahbar taqdim kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida uni kiritgan organga (mansabdor shaxsga) ko'rilgan choralar haqida ma'lum qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.