Ma'muriy javobgarlik kodeksi

90-modda. Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish

(90-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1004-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.11.2024 й., 03/24/1004/0948-сон)

Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi ikki marta qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, – shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo'ladi. Tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda ov qilish yoxud baliq ovlash (bundan elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qo'llash hollari mustasno), — shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish — bu qonun belgilagan tartibni qabul qilmasdan hayvonlarni ushlab olish yoki o'ldirish. Ruxsatsiz, taqiqlangan joyda yoki vaqtda, taqiqlangan quroldan foydalanib ov qilish ham shunga kiradi. KIMGA TEGISHLI Bu qoida har bir fuqaro va davlat xodimiga tegishli. AMALDA Agar odam ruxsati bo'lmay o'rmonda o'q otib kiyik ovlasa, unga jarima solish yoki ov qilish huquqidan mahrum etish mumkin. Agar u avval jarima olganidan keyin yana xuddi shunday qilsa, jarima yanada katta bo'ladi va qurollari olib qolish mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.