Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) ko'rmasdan qoldiradi, agar:
1) fuqarolik ishlari bo'yicha sud, ma'muriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo'lsa;
2) ariza (shikoyat) imzolanmagan bo'lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqei yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa;
2¹) dastlabki eshituv natijasi bo'yicha arizachi arizani ko'rmasdan qoldirish haqida arz qilgan bo'lsa;
3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o'zining ishtirokisiz ko'rilishi to'g'risida arz qilmagan bo'lsa;
4) arizachining manfaatlarini ko'zlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan bo'lsa;
5) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
105-modda. Arizani (shikoyatni) ko'rmasdan qoldirish asoslari
(105-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонунига асосан 2¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.