Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

149-modda. Sud muhokamasini keyinga qoldirish

(149-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан еттинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Sud quyidagi hollarda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli: agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to'g'risida iltimosnoma bilan murojaat qilgan bo'lsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni ko'rish mumkin bo'lmasa; ishda ishtirok etuvchi shaxsning o'z vakili sud majlisiga uzrli sababga ko'ra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi bo'yicha; sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz ko'rish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda; tarafning qo'shimcha dalillar taqdim etish zarurati bilan bog'liq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to'g'risidagi iltimosnomasi bo'yicha; sud majlisi videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilayotganda videokonferentsaloqa o'rnatish imkoni bo'lmagan taqdirda; taraf nizoni kelishuv yo'li bilan hal qilish maqsadida sudga ko'maklashishni so'rab murojaat etgan taqdirda, tarafning iltimosnomasiga ko'ra. Sud sudning majlisida ishni ko'rish mumkin bo'lmagan boshqa hollarda ham sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli. Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos bo'lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan muddatga, ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun belgilangan muddat doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. Sud muhokamasini keyinga qoldirish to'g'risida ajrim chiqariladi. Agar sud majlisida taraflar hozir bo'lsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga qoldirilguniga qadar so'roq qilishga haqli. Bu guvohlarning ko'rsatuvlari yangi sud majlisida o'qib eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo'shib qo'yiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi. Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan so'ng davom ettiriladi. Zarurat bo'lganda, ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.