Sudning hal qiluv qarori alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi.
Ish hay'atda ko'rib chiqilayotganda hal qiluv qarori sudyalar maslahati sirini saqlash ta'minlanadigan sharoitlarda, sud majlisida ishtirok etayotgan sudyalar tomonidan ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotgan maslahatxonada faqat ishni ko'rib chiqayotgan sud tarkibiga kiradigan sudyalar bo'lishi mumkin. Ushbu xonaga boshqa shaxslarning kirishi, shuningdek sud tarkibiga kirmaydigan shaxslar bilan muloqotda bo'lishning boshqa usullari taqiqlanadi.
Sudyalar hal qiluv qarorini qabul qilish chog'idagi muhokama mazmuni to'g'risidagi, sud tarkibiga kirgan ayrim sudyalarning nuqtai nazari haqidagi ma'lumotlarni biror-bir shaxsga xabar qilishga, sudyalar maslahati sirini boshqa usulda oshkor qilishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
155-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.