Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

210-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

(210-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo'lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs yoki mansab mavqei yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa; 2) apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan bo'lsa; 3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjat apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo'lsa, qonunda davlat bojini to'lash muddatini kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa; 4) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab o'tgan holda yuborilgan bo'lsa; 5) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o'tganidan keyin berilgan bo'lsa va o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmasa; 6) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to'g'risida ariza tushgan bo'lsa. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko'rsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berish chog'ida to'langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrimning ko'chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.