Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

23-modda. Rad qilish to'g'risidagi arizalar

Ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o'zini o'zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko'ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga ko'ra ham ko'rib chiqilishi mumkin. O'zini o'zi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan bo'lishi va ishni mazmunan ko'rish boshlanguniga qadar ma'lum qilinishi kerak. Ish ko'rilayotganda o'zini o'zi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga, agar o'zini o'zi rad qilish yoki rad qilish uchun asos o'zini o'zi rad qilish yoxud rad qilish haqida ariza bergan shaxsga ishni mazmunan ko'rish boshlanganidan keyin ma'lum bo'lib qolgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi. Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo'yicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u ko'rib chiqilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.