Kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo'yicha quyidagilarga haqli:
1) hal qiluv qarorini o'zgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini o'zgartirishga;
4) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) to'liq yoki qisman ko'rmasdan qoldirishga;
5) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo'lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga.
Ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda kassatsiya instantsiyasi sudi ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'radi. Ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'rishga o'tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar ko'rsatiladi.
Sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto'g'ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
243-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari
(243-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.