Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran bir yil ichida beriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlariga, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar o'tgan taqdirda, taftish tartibidagi shikoyat (protest) kassatsiya instantsiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan e'tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ishni taftish tartibida ko'rish yakunlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi qaror qabul qilguniga qadar o'tgan bo'lsa, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida ko'rish natijalari bo'yicha qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan e'tiboran uch oy ichida, lekin ishni taftish tartibida ko'rish natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan qaror qabul qilingan kundan e'tiboran olti oydan kechiktirmay keltirilishi mumkin.
Taftish tartibida shikoyat (protest) berishning o'tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha, agar iltimosnoma taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati o'tgan kundan e'tiboran uch oy ichida berilgan va shikoyat (protest) berish muddatining o'tkazib yuborilishi sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo'lsa, tiklanishi mumkin.
Ushbu moddaning beshinchi qismida ko'rsatilgan muddat o'tgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ko'rib chiqilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
252-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.