Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

257-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish

Taftish instantsiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) shikoyat (protest) imzolanmagan bo'lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqei yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa; 2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 253-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 255-moddasining uchinchi va to'rtinchi qismlarida ko'rsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo'lsa; 3) shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo'lsa, qonunda davlat bojini to'lash muddatini kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa; 4) shikoyat (protest) belgilangan muddat o'tganidan keyin berilgan bo'lsa va o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmasa; 5) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to'g'risida shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi haqida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan bo'lsa; 6) shikoyat (protest) ushbu Kodeks 251-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab o'tilgan holda yuborilgan bo'lsa. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to'g'risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari ko'rsatiladi, taftish tartibidagi shikoyatni berish chog'ida to'langan davlat bojini qaytarish to'g'risidagi masala hal etiladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to'g'risidagi ajrimning ko'chirma nusxasi shikoyat (protest) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.