Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

266¹²-modda. Taftish instantsiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)

(28-боб Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi ajrimlari ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ushbu Kodeksda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berishning belgilangan muddati ichida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi shikoyatni qaytarish to'g'risidagi ajrimi ushbu Kodeksda taftish tartibida shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida shikoyat bergan shaxsning iltimosnomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning o'rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati sudyasining taftish tartibidagi protestni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi protestni qaytarish to'g'risidagi ajrimi ustidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida protest berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi ajrim, shuningdek ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atining boshqa ajrimlari ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.