Talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ma'muriy sudga taqdim etilgan bo'lsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga ko'ra fuqarolik ishlari bo'yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko'rib chiqish uchun o'tkaziladi.
Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni ko'rib chiqish chog'ida aniqlansa, ma'muriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra fuqarolik ishlari bo'yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko'rib chiqish uchun o'tkazish va ma'muriy sud ishini yuritishni tugatish to'g'risida ajrim chiqaradi.
Arizani (shikoyatni), ish materiallarini ma'muriy suddan sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ma'muriy suddan taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari o'ziga o'tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
O'zbekiston Respublikasida sudlar o'rtasida sudga taalluqlilik to'g'risidagi nizolarga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
27³-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra ma'muriy suddan boshqa sudga o'tkazish
(27³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.