Ushbu Kodeks fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to'g'risidagi ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish hamda hal etishda ma'muriy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etiladi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o'rnatilgan hududda fuqarolarning va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to'g'risidagi ma'muriy ishlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalarga muvofiq ixtisoslashgan sud tomonidan ko'rib chiqiladi hamda hal etiladi.
Ushbu Kodeks ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni yuritishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
3-modda. Ushbu Kodeksning amal qilish sohasi
(3-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 июлдаги ЎРҚ-1158-сонли Қонунига асосан иккинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2026 й., 03/26/1158/0727-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 25 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.