Ma'muriy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma'muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yoxud sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog'ozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Ma'muriy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Ma'muriy ish elektron shaklda shakllantirilgan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma'muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari o'zlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma'muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo'shib qo'yiladi, shundan so'ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Ma'muriy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Elektron shakldagi ma'muriy ishni boshqa ma'muriy sudga yoki boshqa organga o'tkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Elektron shaklda shakllantirilgan ma'muriy ish qog'ozdagi ko'chirma nusxasiga ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
6-modda. Ma'muriy ish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.