Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno.
Shartnoma bo'yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talabdan to'liq yoki qisman voz kechish, uning asosini yoki predmetini o'zgartirish, arizachining talablarini tan olish, vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish vakolatlarining har biri vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
62-modda. Vakilning vakolatlari
(62-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.