Quyidagi shaxslar sudda vakil bo'la olmaydi:
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
3) sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, sud devoni xodimlari bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida ishtirok etgan hollar mustasno;
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo'lgan shaxslarga huquqiy yordam ko'rsatayotgan yoki ilgari yordam ko'rsatgan shaxslar;
5) sudya, prokuror, sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo'lgan shaxslar.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
64-modda. Sudda vakil bo'la olmaydigan shaxslar
(64-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.