Agar ushbu Kodeksda ma'muriy ishlar bo'yicha isbotlash majburiyatlari taqsimlanishining boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo'lsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'z talablariga yoki e'tirozlariga asos qilib keltirayotgan haqiqiy holatlarni isbotlashi kerak.
Arizachi dalillarni yig'ishda o'z imkoniyatlari doirasida ishtirok etishi shart. Arizachi o'ziga yetkazilgan zararning miqdorini isbotlashi shart.
Isbotlash majburiyati qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashilayotgan ma'muriy organlarning va mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Ma'muriy organlar va mansabdor shaxslar o'z e'tirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart. Mazkur shaxslar qaror qabul qilishda, harakatlarni sodir etishda faqat o'zi tayangan asoslarni keltirishi mumkin.
Agar taraf sud tomonidan talab etilgan dalilni o'zida ushlab turgan va uni sud tomonidan belgilangan muddatda sudning so'roviga ko'ra taqdim etmayotgan bo'lsa, undagi ma'lumotlar ushbu tarafning manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va mazkur taraf tomonidan tan olingan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
67-modda. Isbotlash majburiyati
(67-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.