Ishning ma'muriy sud tomonidan barchaga ma'lum deb topilgan holatlarini isbotlash talab etilmaydi.
Ma'muriy sudning ilgari ko'rilgan ish bo'yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar sud shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni ko'rayotganida yangidan isbot qilinmaydi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha sudning yoki iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni ko'rayotgan ma'muriy sud uchun fuqarolik ishlari bo'yicha sudning yoki iqtisodiy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga daxldor bo'lgan holatlarga doir masalalar bo'yicha majburiydir.
Jinoyat ishlari bo'yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari bo'yicha ma'muriy sud uchun majburiydir.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
72-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.