Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

90-modda. Sud topshiriqlari

Ishni ko'rayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur bo'lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli. Sud topshirig'i to'g'risidagi ajrimda ko'rilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud to'plashi kerak bo'lgan dalillar ko'rsatiladi. Sud topshirig'i to'g'risidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va ajrim olingan paytdan e'tiboran o'n besh kungacha bo'lgan muddatda bajarilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.