Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

92-modda. Dastlabki himoya choralarini ko'rish asoslari

(92-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko'ra yoki o'z tashabbusi bo'yicha sud, agar: 1) ma'muriy ishni ko'rish yakuni bo'yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar arizachining yoki manfaatlarini ko'zlab ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud bo'lsa; 2) arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralarni ko'rmasdan turib himoya qilish mumkin bo'lmasa yoki qiyin bo'lsa, dastlabki himoya choralarini ko'rishi mumkin. Ma'muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka muvofiq bo'lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash to'g'risidagi talabni ko'rib chiqishda sud arizachining arizasiga ko'ra dastlabki himoya choralarini ko'rishi shart. Dastlabki himoya choralarini ko'rishga ma'muriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.