Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

95-modda. Dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish

Ariza (shikoyat) bilan birga berilgan dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi ariza arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qo'zg'atish to'g'risidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi ariza sud majlisi chog'ida berilgan taqdirda, u shu majlisda ko'rib chiqilishi kerak. Agar dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi ariza ish yuritish jarayonida berilgan bo'lsa, u kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ko'rib chiqiladi. Dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqarilib, uning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Dastlabki himoya choralarini ko'rish haqidagi yoki dastlabki himoya choralarini ko'rishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini to'xtatib qo'ymaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.