Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ma'muriy organ mumkin qadar qisqa muddatlarda, ammo ariza ma'muriy organda ro'yxatga olingan kundan e'tiboran, ma'muriy hujjat ma'muriy organ tashabbusi bilan qabul qilinadigan taqdirda esa, adresat ma'muriy ish yuritish boshlanganligi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan e'tiboran o'ttiz ish kunidan kechiktirmay ma'muriy ishni ko'rib chiqadi va ma'muriy hujjatni qabul qiladi.
Ma'muriy organlarning tashabbusi bilan ma'muriy hujjatlarni qabul qilishning eng ko'p muddatlari qonunchilikda belgilanadi.
Ma'muriy ish yuritish muddati qonunda nazarda tutilgan hollarda ma'muriy organ tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ma'muriy ish yuritish muddatining o'tishi ariza ma'muriy organda ro'yxatga olingan kundan e'tiboran boshlanadi, ma'muriy hujjatni ma'muriy organning tashabbusiga ko'ra qabul qilish uchun esa ushbu muddatning o'tishi adresat ma'muriy ish yuritish boshlanganligi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan e'tiboran boshlanadi.
Agar ariza taalluqliligi bo'yicha vakolatli ma'muriy organga qayta yuborilgan bo'lsa, ma'muriy ish yuritish muddatining o'tishi ma'muriy ish tegishli vakolatli organga kelib tushib, ro'yxatga olingan kundan e'tiboran boshlanadi.
Ma'muriy ish yuritish muddatlari kunlar, oylar va yillar bilan hisoblanadi.
Agar ma'muriy ish yuritish muddati dam olish (bayram) kunida tugasa, shu kundan keyingi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun
36-modda. Ma'muriy ish yuritish muddatlari
(36-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ma'muriy organ arizani qabul qilgan kundan boshlab otuz ish kuni ichida javob berishi kerak. Agar ma'muriy organ o'zi talab qilsa, muddatni uzaytirishi mumkin. Muddatni hisoblash arizaning ro'yxatga olingan kunidan yoki xabarnoma berilgan kunidan boshlanadi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida barcha davlat va mahalliy ma'muriy organlarga, shuningdek xususiy tashkilotlarning ma'muriy faoliyatiga tegishli.
**Amalda**
Siz vergi inspeksiyasiga soliq to'g'risida ariza berasiz. Inspeksiya uni ro'yxatga olib, otuz ish kuni ichida javob berishi shart. Agar muddatni uzaytirish kerak bo'lsa, inspeksiya sizga oldindan xabar beradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.