Ma'muriy hujjat adresat tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan e'tiboran kuchga kiradi.
Adresatni ma'muriy hujjat to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilish ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ma'muriy hujjatning manfaatdor shaxslarga rasmiy e'lon qilinishi ham tegishli tarzda xabardor qilish deb topiladi.
Qonunchilikka muvofiq adresatga faqat tegishli hujjat berilishi kerak bo'lgan hollarda hujjatning adresatga berilishi ma'muriy hujjat to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilishga tenglashtiriladi.
Agar ma'muriy hujjat qonunchilik talabiga muvofiq rasmiy e'lon qilinishi lozim bo'lsa, u rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun
55-modda. Ma'muriy hujjatning kuchga kirishi
(55-модданинг учинчи, тўртинчи ва бешинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Ma'muriy hujjat (qaror, buyruq, farmon) adresatga to'g'ri yetkazilgan yoki rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab amal qila boshlaydi. Agar hujjat rasmiy e'lon qilinishi kerak bo'lsa, e'lon qilingan kundan kuchga kiradi.
Kimga tegishli
Bu qoida davlat idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqa ma'muriy organlarning hujjatlari uchun amal qiladi.
Amalda
Hokimlik buyrug'i "Barcha do'konlarni soat 18:00 da yopish" deb e'lon qildi. Ushbu buyruq do'kon egalariga rasmiy ravishda yetkazilgan yoki gazeta orqali e'lon qilingan kundan boshlab amal qila boshlaydi, undan oldin emas.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.