1. O'zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
2. Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkka o'z ixtiyoriga ko'ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor o'z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo'lmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo'jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
3. Mulkdor o'ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o'zi haqlidir. O'zbekiston Respublikasi qonunlarida ko'zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo'l qo'yish vazifasi yuklanishi mumkin.
4. Mulkdor O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o'ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to'g'risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.
Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo'lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta'minlanadi.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
1-modda. Mulkiy huquq
(1-модда Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 851—XII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 5-сон, 235-модда)
Oddiy tilda
**Mulkiy huquq nima?**
Mulkiy huquq — bu shaxsning o'ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni boshqarish huquqi. O'zbekiston qonuni har bir odamning mulkini himoya qiladi va uning mulkdan foydalanishini ta'minlaydi.
**Kimga tegishli?**
Bu huquq O'zbekiston Respublikasida yashovchi va faoliyat ko'rsatuvchi barcha fuqaro va yuridik shaxslarga tegishli.
**Amalda:**
Agar siz uy sotib olsangiz, u sizning mulkingiz bo'ladi. Siz uni istalgan tarzda foydalanishingiz, ta'mirlashingiz yoki boshqa shaxsga berishingiz mumkin. Lekin buni qilayotganda qo'shnilaringizga zarar yetkazmasligingiz va davlat qonunlarini buzmasligingiz kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.