«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun

13-modda. Kollektiv korxonasining mulki

(13-модда 1-бандининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

1. Kollektiv korxonasining mulki ijaraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qo'lga kiritilgan taqdirda yuzaga keladi. Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir. 2. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari qo'shgan hissalar belgilab qo'yiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning kollektiv korxonasi vujudga kelishiga asos bo'lgan ijaraga olingan korxona mulkiga qo'shgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin xodim korxona mol-mulkini ko'paytirishga qo'shgan ulushlari kiradi. Xodimning mol-mulkni ko'paytirishga qo'shgan ulushi miqdori korxona faoliyatida o'z mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xo'jalik faoliyati natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda protsentlar ajratiladi va to'lanadi. Korxona bilan mehnat munosabatlarini to'xtatgan xodimga, shuningdek vafot etgan xodimning vorislariga qo'shilgan hissasining qiymati beriladi. Kollektiv korxonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati xodimlarga (ularning vorislariga) byudjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Kollektiv korxonasining mulki** Nimani anglatadi Kollektiv korxonasi o'z faoliyati davomida sotib olgan yoki ijara qilib olingan barcha mol-mulk, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulot va daromadlar kollektiv xodimlarining umumiy mulkidir. Bu mulkda har bir xodimning qo'shgan hissasi belgilanadi. Kimga tegishli Bu mulk kollektiv korxonasining barcha xodimlariga birgalikda tegishli. Amalda Agar korxona 100 million so'mlik mashinani sotib olsa va xodim uning vujudga kelishida 10 million so'm qo'shgan bo'lsa, bu 10 million uning hissasi hisoblanadi. Xodim ishdan ketsa yoki vafot etsa, uning hissasining qiymati unga yoki varislariga to'lanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.