Vazirliklar va idoralar, agar ularga qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish bo'yicha vakolatlar berilgan bo'lsa, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin.
Vazirliklar va idoralar o'z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar tarzidagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Qarorlar idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qo'shma qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar va idoralarning tarkibiy bo'linmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
14-modda. Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari
(14-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.