«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun

24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi

(24-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

Ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (bundan buyon matnda portal deb yuritiladi) jamoatchilik muhokamasini o'tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi. Ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini portalga uni normativ-huquqiy hujjat qabul qiluvchi organga kiritishdan oldin joylashtiradi. Ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasining portaldagi jamoatchilik muhokamasi muddatini tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi hamda bu muddat portalda normativ-huquqiy hujjat loyihasi joylashtirilgan kundan e'tiboran o'n besh kundan kam bo'lmasligi kerak. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo'yicha jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilaridan tushgan fikr-mulohazalarni va (yoki) takliflarni hisobga olishni ishlab chiquvchi qabul qilingan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarga muvofiq loyihani maromiga yetkazish yo'li bilan amalga oshiradi. Kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda, ishlab chiquvchi ularni rad etish sababini asoslashi shart. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi natijalari, qoida tariqasida, kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni ko'rib chiqish natijalari ko'rsatilgan holda tegishli vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organga (ko'rib chiqish uchun) kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.