«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun

31-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlari buzilganligi uchun javobgarlik

Kelishish uchun olingan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ko'rib chiqish muddatlarining buzilishiga yo'l qo'ygan manfaatdor davlat organining va tashkilotning rahbari davlat organlaridagi hamda tashkilotlardagi ijro intizomi doirasida shaxsan javobgar bo'ladi. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi organlarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining o'z vaqtida ko'rib chiqilishi va kelishishi ustidan nazorat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.