«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun

38-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni e'lon qilishga doir talablar

(38-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e'lon qilinishi kerak. Hech kim rasmiy e'lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. Normativ-huquqiy hujjatning bayon tarzida rasmiy e'lon qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Normativ-huquqiy hujjat rasmiy e'lon qilinganda uning barcha rekvizitlari ko'rsatiladi. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlarida normativ-huquqiy hujjat rasmiy e'lon qilinganidan keyin bir kun ichida e'lon qilinishi shart. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllarini e'lon qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda e'lon qilishga, shuningdek ularni qonunchilikning elektron ma'lumotnoma tizimlari orqali tarqatishga normativ-huquqiy hujjat rasmiy manbalarda ularning barcha rekvizitlari, ular e'lon qilingan rasmiy nashrlar va ularning kuchga kirish sanasi ko'rsatilgan holda e'lon qilinganidan so'ng yo'l qo'yiladi. Bunda rasmiy nashrlarda e'lon qilingan normativ-huquqiy hujjat matnining aniq takrorlanishi ta'minlanishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlarning e'lon qilinishi ular qo'llanilishining majburiy shartidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.