Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqacha izoh berilmagan bo'lsa, muddatsiz amal qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning bir qismi uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda normativ-huquqiy hujjat yoxud uning bir qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar o'z kuchini saqlab qolishi ko'rsatilishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga qadar yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning yoki uning bir qismining amal qilishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish to'g'risida yoxud normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka, o'tkazilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlariga, jamiyatdagi barqaror huquqiy munosabatlarga muvofiq bo'lgan taqdirda normativ-huquqiy hujjatga (uning qismiga) muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
43-modda. Normativ-huquqiy hujjatning vaqt bo'yicha amal qilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.