«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun

49-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta'minlashga doir vakolatlari

(49-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o'z vakolatlari doirasida: normativ-huquqiy hujjatlarning o'z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi; vazirliklar va idoralarning ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yo'naltiradi, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etishga doir vakolatlarini belgilaydi; O'zbekiston Respublikasi qonunlarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish uchun zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklarni, idoralarni hamda mansabdor shaxslarni belgilaydi; normativ-huquqiy hujjatlar o'z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.